19:53 / 09.03.2021
1 382

140 mln. so‘m aliment uchun oldindan to‘landi

140 mln. so‘m aliment uchun oldindan to‘landi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 23.08.2019 yildagi 2-1002-1906/3163-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.Qazaqbayevdan undiruvchi S.Akimniyazova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro ishi davlat ijrochisi M.Xudoyberganov ish yurituviga berilgan bo‘lib, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ish yuritish qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari qolaversa targ‘ibot ishlari natijasida alimentchi ota farzandi voyaga yetguniga qadar 140 mln. so‘m aliment pullari undiruvchi foydasiga naqd ko‘rinishda undirib berilib, Qonunining 41-moddasiga asosan ish yurituvi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 140 mln. so‘m aliment uchun oldindan to‘landi