19:37 / 19.03.2021
3 257

Jizzaxda qizlarga raqqosalik va fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratib bergan ayol ushlandi

Jizzaxda qizlarga raqqosalik va fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratib bergan ayol ushlandi
Jizzax shahrida 2014 yildan beri qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan 40 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ayol Jizzax shahrining «Ittifoq» mahallasidagi uyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan bo‘lgan 8-10 nafar ayolni saqlab, ularni to‘y va marosimlarga raqqosalikka yuborish, shuningdek, jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib kelgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpog‘istonda yashovchi 38 yoshli va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi 30 yoshli ayollar xizmat uchun kelishilgan 500 ming so‘mdan 150 ming so‘mini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda qizlarga raqqosalik va fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratib bergan ayol ushlandi