14:00 / 20.03.2021
1 985

Zamin.uz barchani Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi

Zamin.uz barchani Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi
Uyg‘onish va yangilanish, qut-baraka elchisi Navro‘zi ayyom shukuhidan dillar yayramoqda. Tinch va osoyishta yurtimizga to‘y-tomoshalar, bayramlar yarashadi.

Mamlakatimizda Navro‘z qadriyatlari bilan joriy yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalarni va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilinishida ham o‘zgacha uzviylik mujassam. Aytish joizki, Navro‘z o‘zaro qadr-qimmat, xayru sahovat, mehr-oqibat timsolidir.

Ezgulik, sahovatga yo‘g‘rilgan uyg‘onish, yasharish ayyomi bu yil dillarimizni yana quvonch-u shodlikka chulg‘adi. Navro‘z xalqimizni tinchlik, bahamjihatlik, xayr-u saxovatga chorlamoqda.

Hurmatli saytimizning doimiy o‘quvchilari, mehmonlari. Sizlarni mana shu go‘zal, tarovatli Navro‘z ayyomi bilan chin dildan qutlaymiz. Sizlarga avvalo sog‘lik-omonlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilaymiz. Barcha ishlaringiz va o‘qishlaringizda omad yor bo‘lsin. Navro‘zi olamning hayotbaxsh nur-ziyosi qalbingizni poklab, nurafshon aylasin.

Navro‘z keldi

Hamal kirdi, uyg‘ondi tuproq,
Qirlar uzra sep yoydi maysa.
Ko‘klam, deya suyunar yaproq,
Osmon moviy tus olgan lahza.

Sumalakdan xush bo‘y taralar,
Ko‘ksomsada mador bo‘lgan jo.
Yana yangi dunyo yaralar,
Qahratondan qilib mosuvo.

Navro‘z – unda oniy umrning,
Bor go‘zallik, shavqi mujassam.
Yurakka sim-sim oqqan nurning
Sho‘x o‘ynoqi zavqi mujassam.

Hamal kirdi, tovlandi borliq
Kamalakning yetti rangida.
G‘olib chiqdi mitti binafsha
Maysalarning nafis jangida.

Joy topolmay qoldim sarosar,
Navro‘z keldi tortib lashkarin.
Hayot yangi o‘zanin topar
Yasharadi boqqanim sari.

Hamal kirdi, uyg‘onar borliq,
Epkinlarni qutlaydi sahar.
Asrlarga alyorlar aytib,
Hayot qayta yasharib borar.

Fazliddin SATTOROV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zamin.uz barchani Navro‘z ayyomi bilan tabriklaydi