10:30 / 31.03.2021
1 530

Bojxonachilar 1,3 kg.dan ortiq og‘uni yutib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga olishdi

Bojxonachilar 1,3 kg.dan ortiq og‘uni yutib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga olishdi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyatida o‘zidan jonli konteyner sifatida foydalanib, giyohvandlik vositalarini ichki a’zolariga yashirgancha olib kirishga bo‘lgan yana ikkita urinish fosh qilindi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi "Ayritom" chegara bojxona postiga piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi S.A. inson tanasini skanerlovchi “Body scan” qurilmasi ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning ichki a’zolarida shubhali predmetlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng shifokorlar muolajasi orqali mazkur shaxsning ichidan 46 dona silindrsimon polietilen o‘ramlar chiqarib olindi. Mazkur o‘ramlarga sof og‘irligi 1,076 kilogramm tashkil qiluvchi “opiy” giyohvandlik vositasi yashirilgan ekan.

Bir necha kun o‘tib ushbu bojxona postida giyohvandlik vositalarini ichki a’zolariga yashirgancha olib kirishga uringan boshqa shaxs ham qo‘lga olindi.

“Ayritom” chegara bojxona postiga piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni mamlakat fuqarosi A.K. ham shubhali harakatlari sababli kuzatuvga olindi va skaner qurilmasi ko‘magida ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu shaxsning ichida ham 42 dona skotchlangan silindrsimon o‘ramlar borligi fosh bo‘ldi.

Tibbiyot xodimlari ishtirokida chiqarib olingan mazkur o‘ramlar tekshirib ko‘rilganida esa, uning ichida sof og‘irligi 252 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 1,3 kg.dan ortiq og‘uni yutib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga olishdi