19:25 / 02.04.2021
1 906

Qibrayda fuqaroga 187 million moddiy zarar undirib berildi

Qibrayda fuqaroga 187 million moddiy zarar undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 26.11.2020 yildagi 1-1001-2005/249-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor F.Sabirovdan, undiruvchi G.Islamova foydasiga 187 467,5 so‘m miqdorda moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 13.01.2021 yil kuni kelib va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 421-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan, undiruvchi G.Islamovaga tilxat asosida 187 467,5 ming so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.

Mazkur ijro hujjati amalda ijro etilganligi sababli, Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda fuqaroga 187 million moddiy zarar undirib berildi