22:24 / 12.04.2021
2 409

Farzand onasi tarbiyasiga olib berildi

Farzand onasi tarbiyasiga olib berildi
Afsuski, so‘ngi vaqtlarda bo‘layotgan oilaviy ajralishlar farzandlar taqdiri hamda ularning kelgusida ota yoki ona bilan qolishlari, ta’minoti kabi og‘riqli savollarni kun tartibiga chiqarib qo‘yayotganligi hech kimga sir emas.

Djumayevlar oilasi ham yaxshi orzu-umidlar bilan oila qurishgan, farzandli bo‘lishgan. Shunday ulug‘ ne’matga shukrona keltirish, farzandlarini har jihatdan komil insonlar etib tarbiyalash ota-onaning asosiy burchi edi. Biroq er-xotinning kelishmovchiliklari sabab oila parokanda bo‘ldi. Farzand esa sarson-sargardon, aro yo‘lda qoldi. Ularning tarbiyasi, salomatligiga kim qayg‘uradi?

Shunday vaziyatda ona sudga murojaat qildi. Joriy yilning 8 fevral kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi 10 yoshli Temurbekni onasi M.Xamrayevaning tarbiyasiga olib berish haqida qaror qabul qildi.

Ushbu ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, darhol ijro harakatlariga kirishildi va qarzdorga sud qarorini ixtiyoriy bajarish uchun muddat berildi. Ammo qarzdor, o‘z hoxishi bilan bolani bermagach, davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida Temurbek onasi tarbiyasiga olib berildi.

Qodir Karimov
MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzand onasi tarbiyasiga olib berildi