00:30 / 14.04.2021
1 940

Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining noqonuniy realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida Jizzax shahri hududida fuqaro J.Sh boshqaruvidagi “NEXIA DOHC-2” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, 27 million 735 ming so‘mlik, 17 turdan iborat, 3263 dona dori vositalari va tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Fuqaro Sh.J ushbu tibbiyot vositalarini shartli xaridorga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari surishtiruv ishlari olib borilmokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi