14:13 / 17.04.2021
1 552

Farrux Toshpulatov: Angren shahar bo‘lim boshlig‘i M.Yusupovaga nisbatan tekshiruv ishlari yakunlandi

Farrux Toshpulatov: Angren shahar bo‘lim boshlig‘i M.Yusupovaga nisbatan tekshiruv ishlari yakunlandi

Farrux Toshpulatov
Joriy yilning 14 aprel kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “Kun.uz” kanali va keyinchalik boshqa manbalarda Byuroning Angren shahar bo‘limi boshlig‘i M.Yusupovaning audio yozuvi tarqaldi.

Mazkur audio yozuvi o‘rganilganda, M.Yusupova bo‘lim xodimlari uchun Telegram tarmog‘ida tashkil etilgan “Byuroning Angren shahar bo‘limi” nomli gruppasida “kunlik rejani 10 tadan kam bajargan xodimlar boshqarmaga borishligini, ushbu rejani bajarmaganlarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi” haqida haqoratli so‘zlar bilan audio yozuv yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpulatovdan ma’lumot oldik.

Tekshiruv ishlarida quyidagilar ma’lum bo‘lmoqda:
Joriy yilning 7 aprel kuni ushbu M.Yusupovaga Telegram tarmog‘i orqali faoliyat yo‘nalishdagi asosiy undiruvlarning biri bo‘lgan “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha undiruvlar kamaygani haqida qo‘l ostidagi xodimlar ma’lumot berishadi.
Ushbu yo‘nalishdagi undiruvlar har bir xodimlarga o‘rtacha 10 tagacha taqsimlanganini, biroq ayrim xodimlar bu yo‘nalishdagi ishlarga mas’uliyatsiz bilan qarashi, qolgan xodimlarning ishchanlik kayfiyatiga salbiy ta’siri etishini o‘ylab, jahli chiqib, ushbu Telegram tarmog‘i orqali haqoratli so‘zlar bilan audio yozuv yuborgan.

Hozirda M.Yusupova ushbu ishdan qattiq afsusda va har qanday intizomiy jazo uchun o‘zini aybli deb bilmoqda.

Farrux Toshpulatov ma’lum qilishicha: 
M.Yusupova Byuro organlarida 2017 yildan, egallab turgan lavozimida 2018 yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, muqaddam sobiq Sud deparatmenti tizimida 20 yil davomida turli lavozimlarga faoliyat ko‘rsatgan. Uning qattiqqo‘l, mas’uliyatli va talabchan xodim sifatida tavsiflanishini bildirdi. Biroq, uning bu jihatlari unga nisbatan qat’iy chora ko‘rishga to‘siq bo‘la olmaydi!

Har qanday xodim yurish-turishi, odob-ahloq qoidalari, mehnat va ijro intizomiga rioya etishi lozim va bu qat’iy talab.
Shuningdek, audioyozuvdagi har bir holatlar, Yusupovaning qo‘l ostidagi xodimlarga bo‘lgan munosabati va xodimlarning ishga bo‘lgan yondashuvi, mehnat qonunchiligi va nojo‘ya xatti-harakatlar tekshirildi.

Olib borilgan xizmat tekshiruvlari natijasiga ko‘ra, bugun 16 aprel kuni M.Yusupovaning “Kasb odobnomasi” talablarini buzib,  nomunosib xatti-harakat sodir etganligi sababli unga “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Bundan tashqari, MIB Angren shahar bo‘limida xizmat qilayotgan 7 nafar xodimlarning ishga bo‘lgan mas’uliyati va javobgarligini oshirish, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish borishi bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Hozirda, bu kabi  noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha Byuro tizimidagi xodimlar o‘rtasida xizmat mavqeini suiiste’mol qilish va nojo‘ya xatti-harakat qilishining oldini olish, rahbar xodimlarning qo‘l ostidagi xodimlarga har tomonlama ijobiy va xushmuomalali munosabatda bo‘lishi, mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Kelgusida ham bu kabi chora-tadbirlar yana ham kuchaytiriladi.

Ma’lumot uchun: 2020 yil 1 dekabrdan boshlab, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma’muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha sotilgan mol-mulklarning mablag‘lari - alohida g‘aznachilik hisob-raqami bilan proporsional tartibda teng ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 

Savol: MIB idoralarida qancha nafar ayol xizmat qiladi va ularga yetarli imkoniyat va sharoitlar yaratilganmi?
Javob: MIB organlarida gender tenglik masalasi hamda xodimalarga doimo yetarlicha e’tibor qaratilmoqda, MIB organlarida 180ga yaqin xotin-qizlar xizmat qilishadi, o‘tgan davrda 34 nafar xodimalar rag‘batlantirilgan bo‘lsa, 100dan ortiq ayol xodimalarimiz navbatdagi darajali unvonlarga ega bo‘lishgan.
Shundan bo‘lsada, sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakat uchun hamma birdek javob beradi.

Savol: Farrux aka M.Yusupovaning soat kechasi 24-00 da xodimlarni boshqarmaga chaqirishi haqida ham holatlar o‘rganildimi? Bu qanchalik rost?
Javob: Tekshiruv jarayonida bugun ham M.Yusupova bilan shazxsan o‘zim gaplashdim, uning vajlarini eshitdim. “Ishlamasak, yig‘ilishga boramiz hamma” degan ma’noda xodimlarga shu gaplarni aytgan. Boshqarmaga tunda yoki ish vaqtdan keyin chaqirish haqidagi gaplari aslida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, chunki bu vaqtda MIB organlarida ish tugagan bo‘ladi. Qolaversa, MIB organlarida qariyb 3 yildan buyon yig‘ilishlar selektorlar audio yoki video shaklida o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Farrux Toshpulatov: Angren shahar bo‘lim boshlig‘i M.Yusupovaga nisbatan tekshiruv ishlari yakunlandi