16:19 / 18.04.2021
2 088

Damas saloniga yashirilgan uyali aloqa vositalari fosh etildi


Mamlakatimizda yashirin va xufiyona iqtisodiyotning rivoj topishini oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarining respublikaga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishiga qarshi muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro O.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Farg‘ona tumani hududida to‘xtatilib belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada mazkur avtotransport vositasining salon qismida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 60,8 million so‘mlik 358 dona 5 turdagi uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Damas saloniga yashirilgan uyali aloqa vositalari fosh etildi