08:30 / 27.05.2021
1 767

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Bojxona organlari tomonidan mamlakatimiz hududida giyohvand vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi doimiy kurash olib borilmoqda.
 
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahrining Yunusobod va Mirobod tumanlarida navbatdagi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan “Kobalt” rusumli transport vositasi hamda unda harakatlanayotgan shaxslar belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish natijasida transport vositasi salonidan 1 dona 0,5 litr hajmli baklajka va 1 dona yupqa holatdagi mumsimon modda hamda avtoulov boshqaruvida bo‘lgan fuqaroning yonidan to‘q jigar rangdagi o‘tkir hidli modda borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, daliliy ashyo sifatida olingan mazkur moddalar 101,39 gr. og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi hamda baklajkaning ichki devorlarida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Navbatdagi holatda esa, Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro ko‘rsatmasi asosida tumandagi tegishli hudud ko‘zdan kechirildi. Natijada, tuproq orasiga ko‘mib ko‘yilgan 1 dona izolentaga o‘ralgan modda borligi aniqlandi.

Olingan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 13,51 gr.ni tashkil etuvchi ushbu modda (a-PVP)a-pirrolidinova-lerofenon giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi. Hozirda mazkurholatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi