12:10 / 08.06.2021
1 648

Rangli metallarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Respublikamiz hududidan rangli metall va uning parchalarini noqonuniy ravishda olib chiqib ketilishining oldini olish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida chegara oldi hududida xarakatlanayotgan fuqaro K.M. boshqaruvidagi “Xunday Porter” avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinada yashiklar ortiga yashirib joylangan umumiy qiymati 15,6 million so‘mlik 25 dona sintetik qoplarda 995 kg mis rangli metall parchalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib ushbu hududda fuqaro A.T boshqaruvidagi yana bir “Xunday Porter” avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Buni qarangki ushbu avtomashinada ham mahalliy o‘g‘itlar ostiga yashirilgan 15,6 million so‘mlik 25 dona sintetik qoplarda 995 kg mis rangli metall parchalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rangli metallarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi