18:08 / 16.06.2021
4 335

Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi


Foto: Videolavhadan skrinshot
Shu yilning 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirlarda sodir bo‘lgan voqea butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgandi.

Viloyatning harbiy bloki rahbarlari (DXX, prokuratura, IIB va bojxona xizmatlarining hududiy rahbarlari) madhiya vaqtida qanday jest ko‘rsatishni bilmay shoshib qolishgani videoda muhrlangan va internetda juda tez tarqalgandi.

Ushbu hodisa ishtirokchilaridan biri — Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Shavkat  Mavlonov lavozimidan ketgani bugun ma’lum bo‘ldi. Ikki yil avval ushbu vazifani egallagan Shavkat Mavlonovning qayerga ishga o‘tgani haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi