1 980
Toshkentda serjantlar tayyorlash maktabiga 12 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkentda serjantlar tayyorlash maktabiga pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.N. va D.N. oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.ni IIV akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yish masalasini 12 ming dollarga hal qilib berishga kelishgan.
Shundan 6 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida departament, DXX hamda IIBning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi