21:25 / 12.07.2021
2 855

Xorijga chiqish pasportini oson rasmiylashtirish yo‘li (video)


2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda OVIR stikerlarini berish to‘xtatilib, chet elga sayohat qilish, o‘qish yoki biznes uchun chiqmoqchi bo‘lganlarga yangi biometrik pasport taqdim etish yo‘lga qo‘yilgandi.

Ushbu pasportning 10 yil davomida amal qilishi xorijga tez-tez borib turadigan fuqarolarimiz uchun katta yengillik bo‘ldi. Bundan tashqari, pasport xalqaro standartlarga ham javob beradi.

Joriy yilning 1 may sanasidan esa fuqarolarimizga yana bir qulaylik yaratildi. Prezident farmoniga muvofiq, chet elga chiqish imkoniyatini beruvchi biometrik pasportni olish va davlat bojini elektron shaklda to‘lash uchun YAIDXP orqali ham ariza qabul qilish mumkin bo‘ldi.

Endi my.gov.uz bilan sayohat qilish orzusi tezroq ushaladi.

Quyidagi videoyo‘riqnomadan xorijga chiqish pasportini oson rasmiylashtirish yo‘lini bilib oling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijga chiqish pasportini oson rasmiylashtirish yo‘li (video)