14:11 / 17.07.2021
2 172

Qanday qilib ko‘zoynaklardan uzoq va to‘g‘ri foydalanish mumkin?


Foto: Getty Images
Kontakt linzalari va ko‘rishni tiklash bo‘yicha operatsiyalar anchadan beri mavjud, ammo dunyo aholisining 20 foizi ko‘zoynakdan foydalanadi. Doimiy ko‘zoynak taqish va uni noto‘g‘ri saqlash ular yuzasiga chang zarralari, oqsil qatlamlari va chiziq tushishiga olib keladi. Quyida ko‘zoynaklardan uzoqroq foydalanish uchun ularni qanday saqlash kerakligi haqida ma’lumot berilgan.

Quyidagi barcha fikrlar quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklarga ham tegishli
  • Har doim ko‘zoynaklarni ikkala qo‘lingiz bilan tutqichlaridan ushlab yeching. Shunday qilsangiz, gardishi tezda bo‘shashib ketmaydi.
  • Ko‘zoynakni g‘ilofda saqlang, ularni sumkadagi boshqa narsalar: kalit, soch qisqichlari, taroq yoniga qo‘ymang. Bu linzalarga chiziq tushishining oldini oladi.
  • Ko‘zoynak linzalarini pastga qaratib qo‘ymang. Shu yo‘l bilan ham linzalarga chiziqlar tushishi mumkin.
  • Ko‘zoynakni obodok sifatida ishlatmang. Bu odat vintlarning shikastlanishiga olib keladi. Shuningdek, boshga obodok o‘rniga ko‘zoynak taqish didsizlik belgisi hisoblanadi.
  • Ko‘zoynakni uzoq vaqt davomida quyosh ostida yoki avtomobilning old oynasi ostida qoldirmang.
  • Yuzaki chiziqlarni oqartiruvchi tish pastasi yoki ichimlik soda bilan ham ketkazish mumkin.
Qanday saqlash kerak?
  • Ko‘zoynak uchun eng yaxshi tozalash vositasi — linzalar uchun maxsus suyuqlik yoki purkagichdir. Ular eng qiyin dog‘larni ham ketkazadi va chang tushishining oldini oladi.
  • Qish faslida esa tumanga qarshi komponentlarni o‘z ichiga olgan variantlardan foydalanishingiz mumkin. Antifog mahsulotlari bir necha shaklda — eritmalar, spreylar, gellar yoki salfetkalar mavjud.
  • Bir martalik salfetkalar ham kirlarni ketkizishda yaxshi samara beradi va antibakterial hisoblanadi.
  • Sovuq havodan issiq joyga kirganingizda ko‘zoynaklar parlanmasligi uchun matoga ozgina glitserin surtib, ko‘zoynaklaringizni arting. Glitserin qurigach, ko‘zoynakni yana bir bor artib oling.
  • Ko‘zoynaklarni shampun, dush geli, suyuq sovun yoki idish yuvish vositasi bilan iliq suvda yuvish mumkin. Ushbu vositalar yog‘li dog‘larni yaxshi eritadi.
  • Ko‘zoynaklardan foydalanish muddati taxminan 3 yilni tashkil etadi. Shu bois yiliga yoki har ikki yilda bir marta linzalarni o‘zgartirgan ma’qul.
  • Har olti oyda oftalmolog ko‘rigidan o‘tish kerak, agar ko‘rish darajasi yomonlashsa yoki yaxshilansa, eski ko‘zoynakni yangisiga almashtiring.
  • Agar siz ko‘zoynakdan faqat o‘qish uchun foydalansangiz, og‘ir linzali variantlarni sotib olishning hojati yo‘q. Plastik linzalar arzonroq va uncha-munchaga sinmaydi, lekin chizilib ketish ehtimoli ko‘proq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday qilib ko‘zoynaklardan uzoq va to‘g‘ri foydalanish mumkin?