21:32 / 23.08.2021
3 013

Andijonda uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatgan prokuror ishdan olindi

Andijonda uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatgan prokuror ishdan olindi
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini shaxsiy hovlisida ishlashga majburlaganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, unga nisbatan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakunlangan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, bosh prokurorning 2021 yil 23 avgust kungi buyrug‘iga asosan Sardor Rajabboyev intizomiy jazo tariqasida egallab turgan Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori lavozimidan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Muxbir Daliyev Telegram kanalida tuman prokurori Sardor Rajabboyev uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatayotgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, ishchilar 2021 yilning bahoridan kuzigacha ishga jalb qilingan. «Katta ehtimol bilan, obodonlashtirish ishchilarining ish haqi davlat tomonidan to‘langan», — deyiladi xabarda.

Bu vaziyatga prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov munosabat bildirib, bu holat korrupsiyaga teng ekanini ta’kidlab o‘tgandi.

«Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ish vaqtida prokurorning hovlisida ‘o‘z ixtiyori’ bilan ishlagan, ularga ajratilgan ish haqi davlat korxonasi hisobidan to‘langan. Janob prokuror mard bo‘lib o‘zgalar mehnatidan foydalanibdi, ish haqini ham budjetdan emas, o‘z hisobidan to‘lasin-da endi», – degan edi «Adolat» partiyasi vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatgan prokuror ishdan olindi