19:50 / 15.09.2021
2 120

BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda asosiy logistika markazini ochdi

BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda asosiy logistika markazini ochdi
Foto: BMT Jahon oziq-ovqat dasturi
BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda asosiy logistika markazini ochdi, deb xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

«Afg‘onistonda oziq -ovqat yordamiga bo‘lgan ehtiyoj ortgani sababli BMT Pokiston, Tojikiston va O‘zbekistondagi omborlarda zarur mahsulotlar zaxirasini ko‘paytirmoqda. Asosiy logistika markazi O‘zbekistonning Termiz shahrida tashkil etilgan», — deyiladi BMT xabarida.

Tashkilot xabariga ko‘ra, 13 sentabr kuni Jenevadagi anjuman yakunida donorlar afg‘onlarning ehtiyojlari uchun bir milliard dollardan ortiq — BMT talabidan deyarli ikki baravar ko‘p mablag‘ ajratishga va’da berdi.

«Xalqaro hamjamiyat yakdil fikrda: hozir Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun barcha kuchlarni safarbar qilish kerak», — deb ta’kidlagan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Guterrish BMT «Tolibon» harakatidan ikkita yozma majburiyat olganini tasdiqladi: birinchisida Tolibonlar gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini kafolatlaydi, ikkinchisida esa gumanitar ishchilar xavfsizligini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda asosiy logistika markazini ochdi