13:30 / 11.02.2022
1 325

Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz

Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz
Jamiyatda korrupsiyadek millat bor ekan unga qarshi kurashishda barchamiz o‘zimizning hissamizni qo‘shishimiz lozim. Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ham xodimlar o‘rtasida nojo‘ya va nomunosib hatti-harakatlarning oldini olish borasida profilaktik tadbirlarni, ularning mas’uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni ko‘rish kunning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib turibdi.

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan xam shu yo‘nalishda ko‘plab profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.Jumladan joriy yilning 10 fevral kuni boshqarma rahbariyati va mas’ul xodimlari hamda uning hududiy bo‘limlarda xizmat o‘tayotgan davlat ijrochilari va ularning ota-onalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Samimiy va suhbat tarzida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda bugungi kunda boshqarma va uning tuman-shahar bo‘limlarida xizmat o‘tash tartibi,xodimlarni vazifalari,ish haqlari, ularga bugungi kunda Byuro va boshqarma tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy va kasbiy himoya haqida qisqacha ma’lumot berildi. Lekin shunga qaramay tizimda korrupsiya bilan bog‘lik noxush xolatlar uchrab turgani va buni oldini olish uchun ota-onalar bilan birgalikda hamjihat ish olib borish lozimligi yana bir bor ta’kidlandi. Tadbirda so‘zga chiqqan tizim mas’ullari,jamoatchilik vakillari, jumladan Qibray tumani imom xatibi bu illatning ayanchli oqibatlari haqida ham qonuniy ham diniy tomondan tushuntirishlar berildi.

Tadbir so‘nggida, boshqarma tashabbusi bilan bu gal noana’naviy tarzda ya’ni namunali va vijdonan o‘z vazifasini bajarayotgan bir guruh xodimlarga emas,balki jamiyat va davlat uchun foydali shaxs qilib tarbiyalab yetkazib bergan ularning ota-onalariga boshqarma rahbarining tashakkurnomasi topshirildi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, Chinoz, Yangiyul tuman va shahar bo‘limlarida ham tashkil etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz