Toshkentda tanishlaridan go‘sht mahsulotlarini qo‘lga kiritib, uning pulini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan shaxsga hukm o‘qildi, deb xabar beradi Oliy sud matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, muqaddam besh marta sudlangan shaxs qoramollarni so‘ydirilgan holda sotib, uning egasiga va’da qilgan pullarni bermasdan, aldab yurgan. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati davomida 25 million so‘mlik olma va limonni pulini bermasdan kelgan, bir tanishiga esa avtomobil sotib olib berishni va’da qilib, 6 ming dollar olgan.
«Reklamadan ko‘rib, 1Xbet o‘yiniga kirib qoldim. O‘ynab-o‘ynab, 40 ming dollardan ortiq pul yutqazib qo‘ydim. Qimor o‘yini 10 yildan beri o‘ynayman, juda ko‘p pul yutqizganman. Pullarimni qaytarib olaman degan maqsadda qayta-qayta o‘ynayverganman», — deydi ayblanuvchi.
Mazkur shaxs umumiy hisobda fuqarolarning 455 million so‘m miqdordagi pullarini qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Ayblanuvchi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 227- (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi