date
views 2 494

Tomoshabinlar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Turkiyaning eng goʻzal aktrisasi aniqlandi

Tomoshabinlar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Turkiyaning eng goʻzal aktrisasi aniqlandi
Foto: Pinterest
Gecce nashri jurnalistlari soʻrovnomada ishtirok etgan tomoshabinlar fikriga asoslanib, turkiyalik eng goʻzal aktrisa nomini aniqladi. Soʻrov davomida mamlakatning 23 viloyatida yuzlab aholi bilan suhbat oʻtkazildi, deb yozadi «RusTurkey.com».

Qayd etilishicha, respondentlarning 49,2 foizi Ebru Shahinga ovoz bergan. Eslatib oʻtamiz, aktrisa oʻzbek tomoshabinlarga «Istanbullik kelin» va «Beqaror» seriallari orqali tanish. Aktrisa Turkiyada aynan «Beqaror» serialida suratga tushganidan keyin mashhurlikka erishdi.

Foto: Pinterest
Ikkinchi oʻrinni (11,9 foiz ovoz) «Qulupnay hidi» va «309-raqam» serialida ishtirok etib, shuhrat qozongan aktrisa Demet Oʻzdemir egalladi.

Foto: Pinterest
Koʻplab film va teleseriallardagi rollari bilan tanilgan Asli Enver kuchli uchlikka kirdi. Aktrisa «Istanbullik kelin» serialida bosh qahramon Sureyya obrazi bilan barchaning yodida qolgan.

Foto: Pinterest
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tomoshabinlar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada Turkiyaning eng goʻzal aktrisasi aniqlandi