Turkiyada eng katta gonorar oladigan yulduzlar kim?

Turkiyada eng katta gonorar oladigan yulduzlar kim?

Turkiya kino sanoatida ishlab chiqarish xarajatlari tobora ortib borayotgani sababli ko‘plab seriallar reyting past bo‘lsa, qisqa fursatda efirdan olinmoqda. Mutaxassislar bunga asosiy sabab sifatida suratga olish xarajatlari, ayniqsa bosh rollarni ijro etuvchi aktyor va aktrisalarning yuqori gonorarlarini ko‘rsatmoqda.

Gzt.com nashri ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yilda Kenan Imirzaliog‘lu Turkiyaning eng ko‘p haq oluvchi aktyoriga aylandi. U “Oila — bu sinov” serialining har bir qismi uchun 4,5 million turk lirasi (taxminan 95,7 ming AQSH dollari) gonorar olgan. Serialning ilk mavsumi 18 qismdan iborat bo‘lgani sababli aktyorning umumiy daromadi 80 million liradan oshgan.

Oq ko‘ylakdagi qora sochli erkak divanda qo‘li iagida o‘tiribdi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Kivanch Tatlitug‘ joy oldi. U suratga olinishi rejalashtirilgan “Tropiklar” serialining har bir qismi uchun 4 million lira (85 ming AQSH dollari) olishi kerak edi. Biroq loyiha hozircha boshlanmagan. Bunga Kivanch bilan birga suratga tushadigan mos aktrisa topilmagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Oq ko‘ylak kiygan soqolli erkak studiyada stulda o‘tiribdi.

Haberler nashriga ko‘ra, uchinchi o‘rinda Chag‘atay Ulusoy qayd etilgan. U “Ashraf va Ro‘yo” serialidagi ishtiroki uchun har bir qismdan 3,5 million lira (74–75 ming AQSH dollari) ishlab topgan.

To‘q ko‘k paltodagi soqolli kishi g‘ishtli devor fonida kameraga tikilib turibdi.

Aktrisalar orasida esa Afra Saracho‘g‘li yetakchilik qilmoqda. U bir qism uchun 2,5 million lira (53 ming AQSH dollari) gonorar olgan.

Och jigarrang sochli va ko‘k ko‘zli yosh ayol yon tomonga qarab turibdi.

Undan keyingi o‘rinda Demet Ozdemir bo‘lib, uning bir qismdagi daromadi 2 million lira (42,5 ming AQSH dollari)ni tashkil etgan.

Oq libos kiygan uzun sochli ayol tik turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar