date
views 1 839

O‘zbekistonlik 16 yoshli musiqachi amerikalik prodyuser bilan hamkorlik qilishni boshladi

O‘zbekistonlik 16 yoshli musiqachi amerikalik prodyuser bilan hamkorlik qilishni boshladi
«Universal Music» kompaniyasining O‘zbekistondagi birinchi artisti, 16 yoshli o‘zbek musiqachisi Kamron Po‘latovning yangi treki Ruminiyaning Ensis Records leyblida chiqarildi.

Kamronning so‘zlariga ko‘ra, u yerda norvegiyalik mashhur dijey Kygoning musiqalari ham chiqarilgan. Trekni Spinnin' Records, Musical Freedom, Insomniac Records, 2-Dutch kabi boshqa yirik leybllar ham qo‘llab-quvvatlashdi.

Kamron Po‘latov «Universal Music» bilan qanday ishlay boshlagani haqida ham ma’lumot berdi: «Men ularning veb-saytiga ariza yubordim va ikki kundan keyin menejeri menga xat yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, men tashlagan namunalar ularga juda yoqqan — ularning tanlovi Blame bo‘ldi. Ular bilan ishlash orqali ko‘p narsani o‘rgandim, ko‘p narsani angladim».

«Blame — mening Universal Music bilan birinchi tijorat ishim. Men tijorat treklarini yaratish va leybl sifatida ishlash qanday ekanligini bilmoqchi edim. Qiyinchiliklar va xarajatlarga qaramay, bu menga yoqdi», deydi u.

Kamron O‘zbekistonda musiqa sanoati rivojiga umid borligiga, shu yerda turib ham musiqadan yaxshi pul ishlash, yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish mumkinligiga ishonadi.

Ma’lumot uchun, Universal Music — dunyodagi eng yirik mediaxolding kompaniyasi hisoblanadi. Uning turli mamlakatlarda mintaqaviy vakolatxonalari mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik 16 yoshli musiqachi amerikalik prodyuser bilan hamkorlik qilishni boshladi