22:50 / 01.01.2023
11 711

Yangi yilda qanday liboslar urf boʻladi?

Yangi yilda qanday liboslar urf boʻladi?
Moda jamiyatning ajralmas qismidir. Zamonaviy va chiroyli kiyimlar insonning ruhiy holatini ham oʻzida aks ettiradi. Modaning ketidan quvish, zamonaviy, chiroyli va qimmat kiyimlarni kiyish ayb emas, balki oʻzini qulay va erkin his qilishga intilishdir.

Moda yildan-yilga oʻzgarib borishi tabiiy hol. Xoʻsh, 2023 yilda moda olamida qanday yangiliklar kutilmoqda? Quyida shu haqda soʻz yuritamiz.

2023 yilda qanday rangdagi kiyimlar modada boʻladi?
2023 yil bahor va yoz oylari uchun yorqin zamonaviy rang - bu Pantone rang instituti ta'kidlaganidek, lavlagi-binafsharang. 2023 yilning asosiy rangi esa Viva Magenta- karmin qizil boʻlishi aytilgan.

Pantone instituti 2023 yilning asosiy rangini e'lon qildi
© Pantone


2023 yilning qishida nima urfga kiradi?
Qishda uzun va keng turadigan par kurtka (puxovik), klassik palto va dublyonka trendda. Obraz toʻqilgan aksessuarlar bilan toʻldirilsa, yanada maqsadga muvofiq boʻladi: balaklava, uzun qoʻlqoplar va paypoqlar. Stilistlarning fikricha, puxoviklar uchun eng mashhur ranglar - qora, oq, och jigarrang va zaytun rangidagi yashil. Zamonaviy qiyofani keng jinsi shimlar, katta oʻlchamli toʻqilgan sviter va momiq sharf bilan toʻldirish mumkin.

Katta oʻlchamli koʻrpa-toʻgʻri koʻylagi
© mark.moda

Shuningdek, klassik va kejual uslubdagi paltolar 2023 yilning qishiga mos keladi. Paltolarning leopard, gul, zebra printi bilan boʻlishi ayni muddao. Sport uslubidagi paltolar bilan krossovkalar va uggilar mukammal obraz yaratadi.

Klassik palto
© Fashioninsider.ru

Qishning qaynoq trendlari toʻqilgan yoki trikotaj aksessuarlardir. Ularning eng zamonaviylari - balaklava shapka, katta hajmli sharf, uzun qoʻlqoplar va paypoqlar.

Trikotaj sharflar
© unsplash.com/Kelly Sikkema


2023 yilning bahorida nima urfda boʻladi?
Charm (koja) obrazi, charm koʻylaklar va kostyumlar, qizil rangdagi koʻylaklar, kalta buyumlarning (jemperlar, shortilar, toplar) keng kiyimlar bilan birgalikda moslashtirilishi trendda boʻlishi aytilmoqda.

Charmning trendda boʻlishi bir necha mavsumdan buyon saqlanib qolmoqda. 2023 yilning bahoriga charm trench yoki palto tanlash tavsiya qilinmoqda. Ushbu obrazni ixcham sumka, sharf bilan boyitish mumkin.

Teri xandaq
© livemaster.ru

Shuningdek, qizil rangdagi liboslar kelgusi bahorning trendi boʻlishi kutilmoqda.

Qizil koʻylak
© Pinterest.com


2023 yilning yozida nimalar modada boʻladi?
Yozda assimetrik etakli engil, shaffof liboslar, yorqin trikotaj kostyumlar, shaffof matolardan tikilgan narsalar trendda.

Yupqa trikotaj - yozgi garderob uchun ajoyib mato. Yoz uchun yorqin narsalarni tanlash lozim: yubkalar va printli shortilar, sarafanlar, top va yubkalar.

Bosma bilan yozgi sarafan
© Pinterest.com

Shuningdek, stilistlar nozik kiyimlarga qoʻpol oyoq kiyim, charm buyumlarni qoʻshishni tavsiya qilmoqda.

2023 yil kuzida nima moda boʻladi?
Bular kuzda juda zamonaviy koʻrinishga ega boʻlish uchun yordam beradi: rubashka uslubidagi keng etakli koʻylaklar, plisirrovka yubkalar, pasti keng kombinezonlar, kalta engli shubalar va paltolar.

Plitli yubka
© pics.ru

Rangga kelsak, Pantone rang instituti sariq, koʻk, yashil, toʻq qizil, kulrang va oq ranglarni kuzning eng zamonaviy ranglari deb atadi. Pushti, yashil va firuza rangdagi liboslar ham modada boʻlishi aytilgan.
Oʻz xohishingiz va ob-havo sharoitiga qarab zamonaviy qiyofani yaratish uchun mashhur brendlar kollektsiyalarini kuzatish ham tavsiya etiladi.

Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. 2023 yilni qanday rangli kiyimda kutib olgan afzal?
Ma'lumotlarga koʻra, quyon yilini baxtli rangdagi kiyimlarda kutib olish kerak: qizil, pushti, binafsharang, koʻk.

Stilist va dizaynerlarning tavsiyasiga quloq solish bilan cheklanib qolmay, oʻzingizga yoqqan va qulay kiyimlar tanlashni ham unutmang! Yuqorida aytganimizdek, kiyimlar insonning ruhiyati bilan ham bevosita bogʻliq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat