Sherzod Bin va Sitora Olimjonova turmush quradi?!

1 daqiqa o'qish20.5K
Sherzod Bin va Sitora Olimjonova turmush quradi?!
Sherzod Bin va Sitora Olimjonova turmush quradi?!

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifalariga aktyor Sherzod Bin (Saydialiev) va aktrisa Sitora Olimjonovaning birgalikda tushgan suratini joylashtirganlaridan so‘ng, shou-biznesda yangi “yulduzli oila” qurilayotgani haqida gap-so‘zlar bolaladi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeri orqali tarqalishga ulgurgan bu suratda Sherzod kuyovlarga xos kiyinib olgan, Sitora esa oppoq libosda, qo‘lida gul bilan jilmayib turibdi. Suratni ko‘rganlarning ko‘pchiligi Sherzod va Sitorani bir-biriga mos juftlik sifatida e’tirof etishmoqda. Biroq shu kungacha ular bu suratlarga izoh bermay kelishayotgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sherzod Bin (Saydialiev) va Sitora Olimjonova er-xotin obrazida “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigoraning yangi “Oppog‘oy” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda gavdalanishadi. Bu haqda Oybek Alimov tahririyatimizga ma’lum qildi.
Sherzod Bin va Sitora Olimjonova turmush quradi?!

“Ushbu qo‘shiq ijodimizda butkul yangi davrni boshlab beradi deb bemalol ayta olaman. Shu davrgacha suratga oldirgan kliplarimiz orasida shunisi eng yoqqani bo‘ldi. Sherzod va Sitora haqiqatan ham bir-biriga juda mos juftlik ekan”, deydi Oybek Alimov.
Sherzod Bin va Sitora Olimjonova turmush quradi?!

“Sog‘lom ona va sog‘lom bola” yiliga atalgan mazkur videoklipni klipmeyker Yoxan suratga oldi. Klip g‘oyasi esa Sherzod Bin (Saydialiev)ga tegishli.

Tez kunda klipni saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Darvoqe, mazkur Oybek va Nigoraning “Oppog‘oy” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip Sherzod va Sitora o‘rtasida gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan munosabatlarni haqiqatga aylantirsa, ajab emas.
Sherzod Bin va Sitora Olimjonova turmush quradi?!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?