Muqaddas Xoliqova va Zuhra Ashurova milliy teatrdagi mistik voqealar haqida gapirib berdi

2 daqiqa o'qish809
Muqaddas Xoliqova va Zuhra Ashurova milliy teatrdagi mistik voqealar haqida gapirib berdi
Muqaddas Xoliqova va Zuhra Ashurova milliy teatrdagi mistik voqealar haqida gapirib berdi
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zuhra Ashurova jurnalist Shohira Hamro bilan suhbatda  o‘zbek milliy akademik drama teatridagi mistik voqealar haqida so‘zlab berdi.
 
“Ishlashga militsiya xodimlari, qorovullar keladi. Ketayotganimizda qolyapsizmi, ko‘rib qolsangiz salom deb qo‘yinglar, deb aytardik. Oldin tushunishmasdi. Zuhra opa, kimni aytyapsiz, deyishardi. Keyin men kechqurun sahnani aylanyapsizmi yoki uxlab yotibsizmi deb so‘rardim. Shunda ham ko‘rinmayaptimi, derdim. Qo‘rqitmang, deyishardi. Bir kuni bittasi keldi, kechqurun ko‘rib qolsangiz salom deb qo‘ying desam, unaqalardan qo‘rqmayman, konservatoriyada ham birdaniga pianino chalib qoladiganlari bor, o‘rganib ketganman, deb aytgan”, — deydi Zuhra Ashurova.
 
“Ko‘p  yillik  stajga ega qorovulimiz bor edi. Kelsa sahnada ustoz san’atkorlarimiz Shukur aka, Nabi aka turganmish. Buni ko‘rib o‘zlaridan ketib qoladigan darajada kasal bo‘lib qolgan ekan”, — deydi Muqaddas Xoliqova.
 
“Spektakl tugadi-ku, Sora opa bu yerda nima qilyapsiz, degan. Keyin boshqa joyga o‘tgan, qarasa u yerda ham kresloda ikkita ustoz san’atkorlarimiz o‘tirgan ekan. Ulardan ham nima qilib o‘tiribsizlar yarim kechasi, tomosha tugadi-ku, deb so‘ragan va shu payt miyalariga urib qolgan. Qaytib borib qaraganlarida hech kim bo‘lmagan, ertasiga ishdan bo‘shab ketgan”, — deydi Zuhra Ashurova.
 
“Tunda sahnani kesib o‘tib bo‘lmaydi, men shu haqda yoshlarga ayta olmayman. Chiroq o‘chirilgan payt orqa tomondan aylanib o‘tamiz, keksalar shunaqa deyishardi. Yarim kechasi sahnada ustoz san’atkorlarning ruhi kezib yuradi. Sahnada poshnani taqillatmaslik kerak”, — deydi Muqaddas Xoliqova.
 
“Muqaddas bilan bir voqea bo‘lgan. Eski teatrimiz ta’mirlanmagan payt biz uchinchi etajda turardik, 10-grimxona edi. U yerda o‘n uchta aktrisa turardik. Bir kun Gulchehra opam sizlar mendan keyin ketdinglarmi, deb so‘rab qoldi. Yo‘q, biz spektakl tugamasdan ketganmiz, dedim. Ular: 'Unda eshiginglarni kim ochib yopdi', — degan.  O‘sha payt Muqaddas bilan bir-birimizga qaraganmiz, chunki bizdan keyin hech kim qolmagandi. Ular ketayotgan vaqtlarida eshigimiz ochib-yopilganini, bizga xayr deb chiqib ketganlarini aytdi.
 
Ikkalamiz qaysidir spektaklni oxirrog‘iga qolib ketdik. Ikkalamiz gaplashib turib liftning tugmasini bosdik. Keyin qarasak, eshigimiz ochildi, Muqaddas qarang, eshigimizning yarmi ochiqmi, dedi. Qarasam qars etib yopildi, keyin shamol bo‘lsa kerak deb qo‘rqib tushib ketdik”, — deydi Zuhra Ashurova.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?