20:23 / 14.12.2023
212

Mahoratli aktrisalarga ahmoqona sabablar bilan rol berilmagan holatlar

Mahoratli aktrisalarga ahmoqona sabablar bilan rol berilmagan holatlar

Ba’zan aktyorlarni tanlashda kinoijodkorlar aktyorlik mahoratini e’tiborsiz qoldiradi va faqat tashqi ko‘rinishga yoki yoshiga qaraydi. Sevimli yulduzlarimiz rol uchun kasting topshirganida qanday qiyinchiliklarga duch kelganini ko‘pchilik bilmaydi.

Oliviya Uayld

 
Foto: AdMe

Aktrisa “Uoll-strit bo‘risi” filmidagi bosh qahramonning sevgilisi Naomi roli uchun kasting topshiradi. O‘sha paytda u 29 yoshda edi, ammo bu rolni o‘ynash uchun yoshi kattaligi sababli rad etiladi. Garchi Oliviya aktyordan 10 yosh kichik bo‘lsa ham.

Natijada Naomi roli 23 yoshli Margo Robbiga nasib etadi, u o‘sha paytda tajribasiz bo‘lgani ham e’tiborga molik, Oliviya esa allaqachon katta filmlarda suratga tushish bilan band edi.

Melora Hardin

Foto: AdMe

Aktrisaning bo‘yi baland bo‘lgani uchun “Kelajakka qaytib” filmidagi rolga tasdiqlanmaydi. Dastlab u kastingdan o‘tadi, ammo keyin bosh qahramonni o‘ynashi kerak bo‘lgan aktyor almashtiriladi. Yangi aktyorning bo‘yi Meloradan pastroq bo‘lib chiqadi. Film ijodkorlari bu narsa bosh qahramonni “tahqirlaydi” deb hisoblab, Melora o‘rniga Klaudiya Uells olinadi.

Rene Russo

Foto: AdMe

Dastlab aktrisa “Betmen abadiy” filmida Betmenning sevgilisi roliga tasdiqlangan. Ammo oradan bir hafta o‘tgach, bosh qahramon rolini o‘ynagan Maykl Kiton loyihani tark etishga qaror qiladi. Uning o‘rnini Vel Kilmer egallaydi va ular Russo bilan ham xayrlashadi. Kino ijodkorlarining so‘zlariga ko‘ra, Rene yangi aktyor uchun juda “keksalik” qilardi (aktrisa undan 5 yosh katta). Uning o‘rniga Nikol Kidman rolga tasdiqlanadi.

Skarlett Yoxansson

Foto: AdMe

Skarlett Yoxansson “Gravitatsiya” filmining kastingida qatnashgan, ammo oxirida bosh rol Sandra Bullokka berilgan. Rejissorning so‘zlariga ko‘ra, u shunchaki rolga yoshi kattaroq aktrisani olmoqchi bo‘lgan.

Riz Uizerspun

Foto: AdMe

Bugungi kunda Riz muvaffaqiyatli aktrisa va prodyuserdir. Ammo karyerasining boshida u tasavvur qilib bo‘lmaydigan sabablarga ko‘ra ko‘p marotaba rad etilgan. Bema’ni sabablardan biri kadrda u juda aqlli ko‘rinarkan.

Biroq hozir mashhur bo‘lib ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Riz biografik filmda qo‘shiqchi Stivi Niks rolini o‘ynamoqchi edi. Ammo haqiqiy Stivi bu aktrisani rad etadi — u Riz rol uchun juda keksa ekanligini aytadi. Aslida aktrisa qo‘shiqchidan 28 yosh kichik.

Emi Adams

Foto: AdMe

Aktrisa uchta teleserialdan haydalgan. “Doktor Vegas” loyihasi ijodkorlariga ko‘ra, u o‘ziga jalb qiladigan darajada jozibali emas edi. Uning o‘rniga uzun bo‘yli mallasoch Sara Lankasterni olishadi. Adams boshqa televizion loyihalardan ham rad etilgan, chunki u juda yosh edi va “juda qattiq harakat qilardi”. Emi deyarli taslim bo‘lgandi, lekin unga omad kulib boqadi va u “O‘tkir buyumlar” teleserialida bosh rolni o‘ynaydi.

Jenna Ortega

Foto: AdMe

Yosh kinoyulduz intervyularining birida uni yoshligi va o‘ziga xos ko‘rinishi tufayli ko‘pincha rad etilishini tan oladi. U bundan juda xafa bo‘ladi, hatto sochlarini sariq rangga bo‘yash haqida o‘ylaydi ham. Ammo oxir-oqibat Jenna aslida qanday bo‘lsa, shunday ko‘rinishi kerakligini tushunadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mahoratli aktrisalarga ahmoqona sabablar bilan rol berilmagan holatlar