08:30 / 15.12.2023
514

Ozodbek Nazarbekov nega yosh xonanda Yodgora G‘oyipovaga dakki bergandi?

Ozodbek Nazarbekov nega yosh xonanda Yodgora G‘oyipovaga dakki bergandi?

“Artist” loyihasi ishtirokchisi Yodgora G‘oyipova “Daryo”ning YouTube'dagi kanaliga bergan intevyusida Ozodbek Nazarbekovdan nega dakki eshitgani, yo‘nalishini izlayotgani va moliyaviy sabab bilan musiqiy guruhni tark etgani haqida gapirdi.

— “Artist” loyihasida tayyorgarlik ko‘rishga juda kam vaqt berishardi. Ustiga-ustak musiqachilar bilan ishlashga juda kam vaqt berilardi. Musiqachilar har bir ishtirokchi bilan bor-yo‘g‘i 3-5 daqiqa ishlay olardi, xolos. Jonli qo‘shiqda musiqachilar bilan ishlanmasa, bir-birini tushunmaslik holati bo‘ladi. O‘shanda ko‘pchilik asarni noto‘g‘ri tanlagansiz, deyishgan. Ozodbek Nazarbekov esa “Sahnaga yarashib turibsiz, faqat asarni noto‘g‘ri tanlagansiz”, degan. Keyin qo‘shiq so‘zini noto‘g‘ri talaffuz qilayotganimga dakki bergan. Buning videosi ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda turli xil nomlar bilan tarqalib ketgan. Ammo men ustozning dakkisini ijobiy qabul qilganman. Kamchilik hammadan o‘tishi mumkin, — deydi Yodgora G‘oyipova.

Yodgora G‘oyipova xonandalikdan tashqari, sozandalik bilan ham shug‘ullanadi. Uning tabla chalib aytgan qo‘shiqlari Instagram tarmog‘ida juda mashhur. Xo‘sh, xonanda kelajakda qaysi yo‘nalishda ijod qilmoqchi?

— Xonanda o‘z yo‘nalishini topguniga qadar izlanishda bo‘ladi. Masalan, Ozoda Nursaidova deganda qanday yo‘nalishdagi qo‘shiqlarni ijro etishini xayolga keltiramiz. Meni ham odamlar shunday eslashlarini xohlayman. Shu bois repertuarimda rang-barang qo‘shiqlar bo‘lishiga harakat qilyapman. Ko‘pchilik o‘zbek ayol xonandalari tabla chalib qo‘shiq aytishmaydi. Faqat Ozoda Nursaidova chalishni bilishini bilaman, xolos. Uni chalishni internetdan o‘rganganman, ustozim yo‘q. Soz jo‘rligida aytgan qo‘shiqlarim Instagram tarmog‘ida juda mashhur. Hatto videolardan biri 12 million marotaba tomosha qilinib, xalqaro top reytingni egalladi. Hozirgi kunda Instagram tarmog‘idagi kuzatuvchilarim soni 900 mingga yaqinlashib qolgan. Hammasi jonli, eng qizig‘i, ularning ko‘pchiligini xorijliklar tashkil qiladi, — deydi Yodgora G‘oyipova.

Yosh xonanda “Via major” guruhidan ketishining sababi, unga qo‘yilgan taqiqlar yoqmagani haqida gapirdi.

— Ikki yilga yaqin guruhda faoliyat yuritdim. Ammo u yer mening joyim emasligini anglab yetdim. Ketishimning asosiy sababi — yakkaxon ijod qilgim keldi. Guruh bo‘lib ishlaganda baribir xohlaganingizdek ijod qilolmaysiz. Ular qaysi qo‘shiqni aytasan desa, shuni aytishga majbursiz. Keyin moliyaviy muammolar ham bo‘ldi, pul borasida tortishib qoldik. Ammo eng katta ziddiyat “Artist” loyihasiga qatnashaman, deganimda bo‘ldi. “Bizning ruxsatimiz kerak”, deyishdi. Shundan keyin yaxshilikcha xayrlashishga qaror qildim, — deydi Yodgora G‘oyipova.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov nega yosh xonanda Yodgora G‘oyipovaga dakki bergandi?