Kollaj: “Daryo”
O‘zbekistonlik san’atkorlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni asosida “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
18 noyabr kuni imzolangan farmonda qayd etilishicha, “Yalla” ansablining badiiy rahbari Farrux Zokirov va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Sevara Nazarxon o‘zbek va rus madaniyatlarini yaqinlashtirish va boyitishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlangan.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Rossiyaning ikki artisti — Rossiya xalq artisti, Moskva drama teatri badiiy rahbari, teatr va kino aktyori Sergey Bezrukov va Rossiya xalq artisti, balet artisti, rejissyor Andris Liyepa “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Kollaj: “Daryo”
Farmonda qayd etilishicha, ular O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik, ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, xalqlarning an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari, o‘zining yorqin va betakror iste’dodi, xususan, kino va teatr yo‘nalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va san’at sohalarida hamkorlikni kengaytirish, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va boyitishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun taqdirlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi