23:02 / 20.12.2024
7

Turk aktyor va aktrisalari shaxsiy hayotida ro‘y berayotgan so‘nggi yangiliklar

Turk aktyor va aktrisalari shaxsiy hayotida ro‘y berayotgan so‘nggi yangiliklar
Turk aktyor va aktrisalari shaxsiy hayotida ro‘y berayotgan yangiliklar va hozirda yulduzlar nimalar bilan band ekani haqida ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

1. Turkiyada “Oltin kapalak” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Turkiyada har yili an’anaviy “Oltin kapalak” mukofotini topshirish va yil yakunlarini saralash marosimi bo‘lib o‘tadi. Yaqinda 2024 yilning eng yaxshi seriali va aktyorlari taqdirlandi. Ba’zi dizi muxlislari natijalardan mamnun bo‘lmadi, chunki bir necha yillardan beri eng mashhur turk seriali nomi uchun kurashib kelayotgan “Qo‘rg‘on sirlari” va “Qizil sharbat” loyihalari birorta sovringa ega bo‘lmadi. Rojbin Erden va Bertana Asslan kabi aktyorlar esa “Eng yaxshi televizion juftlik” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: The Girl
2. Internetda Hande Erchel va Barish Arduch bilan “Eslatma” serialini suratga olish jarayonidan olingan ilk suratlar paydo bo‘ldi

Hamma yilni sarhisob qilib, tugallanmagan ishlarni yakuniga yetkazayotgan bir paytda Hande Erchel Disney+platformasi uchun yangi loyihada suratga tushishni boshlab yubordi. Shu haftada suratga olish ishlari Kappadokiyada olib borildi va loyiha tashkiliy guruhi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ilk fotolarni ulashdi. Eslatib o‘tamiz, mini serial bloger qiz Gunesh (Hande Erchel) va me’mor yigit Deniz (Barish Arduch) o‘rtasidagi muhabbat haqida hikoya qiladi.

Foto: The Girl

Foto: The Girl
3. Serenay Sarikaya Mert Demir bilan ajrashdi

Hafta boshidanoq ijtimoiy tarmoqlarda “Oila” serialidagi iste’dodli aktrisaning turkiyalik musiqachi bilan munosabatlariga nuqta qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Buni turk jurnalistlarining tasodifiy fotosuratlari va videolari tasdiqladi, ularda Serenay juda tushkun kayfiyatda ko‘ringan. Avvallari aktrisa Mert bilan munosabatlarini yashirmagan bo‘lsa-da, hozirda bu mavzudagi savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

Foto: The Girl
4. Afra Saracho‘g‘lu “Qo‘rg‘on sirlari” uchinchi mavsumda yakuniga yetishini tasdiqladi

Afra Saracho‘g‘lu ushbu mavsum serial uchun so‘nggisi bo‘lishini aytdi. Aktrisadan loyiha haqiqatan ham nihoyasiga yetadimi, deb so‘rashganda u quyidagicha javob berdi:

Serial tugaydi, bu endi hammamizga ma’lum. Menda esa kelayotgan yil uchun maxsus rejalarim yo‘q. Bilmayman, hayotning o‘zi ko‘rsatadi”, dedi u.

Foto: The Girl
5. Melisa Sabanji qallig‘i Kerem Bursin oldiga suratga tushish maydoniga kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Ayni damda Kerem Bursin Gupse Ozay bilan birgalikda “Platonik sevgi” seriali ustida ishlab kelmoqda. Turk OAVlarida esa Keremning qallig‘i Melisa doimo Chashmada bo‘lib o‘tayotgan syomka maydonida uni qo‘llab-quvvatlash uchun tez-tez oldida bo‘lganini yozmoqda.

Foto: The Girl
6. Kivanch Tatlitug‘ o‘qishni bitirgach, Londonda shaxsiy restoranini ochadi

Insayderlar xabar berishicha, Kivanch Tatlitug‘ shaxsiy restoranini ochish uchun Londonda uch oylik kursda o‘qidi. Yangi ovqatlanish tarmog‘i Istanbuldagi Gokturk hududida joylashishi rejalashtirilgan.

Foto: The Girl
7. Burak Sergen va Bulent Po‘lat “Qora yurak” serialini suratga olish maydonida yoqalashib ketdi

Hafsanur Sajaktutan ishtirokidagi “Qora yurak” serialida aktyorlar Burak Sergen va Bulent Po‘lat o‘rtasida mojaro yuzaga keldi. Samet rolini o‘ynagan aktyor Esra Dermanjio‘g‘lu va Bulent Po‘latning unga xalaqit berayotganini aytdi.

Mojaro tinch yo‘l bilan hal bo‘lmadi, natijada atrofdagi ishchilar yulduzlarni ajratib olishga majbur bo‘ldi. Janjalning barcha ishtirokchilari prodyuserlik kompaniyasi tomonidan hayfsan oldi.

Foto: The Girl
8. Arzu Sabanji o‘g‘lining Hande Erchel bilan munosabati haqida izoh berishdan bosh tortdi

Turk matbuoti hamon Hande Erchel va Hakan Sabanji to‘yi qachon bo‘lib o‘tishini aniqlashga harakat qilmoqda. Bu safar Arzu Sabanjini jurnalistlar aeroportda qarshi oldi va barcha muxlislarni qiziqtirgan savollarni berdi. Ammo Arzu Sabanji barcha savollarga javob berishdan bosh tortdi. Bunday ishora yulduzlarning yaqin kelajakda to‘y marosimi hali bo‘lmasligidan dalolat beradi, deb tushunildi.

Foto: The Girl
9. Aktrisa Gamze Karaduman “Leyla” seriali jamoasini tark etdi

Malining rafiqasi rolini ijro etgan aktrisa Gamze Karaduman loyihani tark etdi. Qayd etilishicha, bu holat aktrisaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli sodir bo‘ldi. Kasallik suratga olishni davom ettirishga to‘sqinlik qilgan va hozirda jamoa uning o‘rniga boshqa aktrisani izlamoqda.

Foto: The Girl
10. “Alvon g‘unchalar” serialidagi Juneyd va Zaynab voqeasi ssenariy muallifi ota-onasining real hayotiga asoslangani ma’lum bo‘ldi

“Oltin kapalak” mukofotida “Alvon g‘unchalar” ssenariy muallifi Shukru Nejati Shahin bunday ajoyib hikoya g‘oyasi qayerdan kelgani haqida aytib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, u Juneyd va Zaynab voqeasini ota-onasining hayotidan olgan.

Foto: The Girl

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktyor va aktrisalari shaxsiy hayotida ro‘y berayotgan so‘nggi yangiliklar