
Bred Pitt ichkilikka moyilligi haqida ochiq gapirdi
Gollivud yulduzi Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajrashganiga qariyb o‘n yil bo‘lgan bo‘lsa-da, endigina bu og‘riqli jarayon ortidagi asl sababni oshkor qildi. Uning tan olishicha, oilaviy hayotdagi muammolarning ildizi — ichkilikka qaramlik bo‘lgan.
61 yoshli aktyor “Armchair Expert” nomli mashhur podkastda ishtirok etib, Joli bilan ajrashuvi, yolg‘izlik va hayotidagi keskin burilishlar haqida chin dildan suhbatlashdi. Uning so‘zlariga qaraganda, spirtli ichimliklarga moyillik tufayli nafaqat oilasidan, balki o‘zini ham yo‘qotgan.
Ichkilikdan qutulish uchun – anonimlar davrasiga
Pitt o‘zini yomon odatdan xalos qilish uchun AQSHda keng tarqalgan “Anonim alkogoliklar” klubiga a’zo bo‘lgan. Bu tashkilotning boshqa ishtirokchilari kabi, u ham har hafta uchrashuvlarda qatnashib, o‘z muammosi bilan yuzma-yuz kelgan. Aktyor bu jarayonni “xayotimdagi eng samimiy va ta’sirli davr” deb atadi.
— Odamlar o‘z dardi, xatosi, orzu-istaklari bilan erkin baham ko‘rishadi. Ko‘p kulishadi, hazil qilishadi. Va shu paytda men ilk bor o‘zimni ilhomlanganday his qildim, — dedi Pitt samimiy tarzda.
“Biz hamisha mukammal ko‘ringimiz keladi”
Pitt aytishiga qaraganda, u va uning atrofidagi odamlar uzoq vaqt davomida hissiyotlarini yashirishga harakat qilishgan. “Hammasi joyida” degan niqob ostida yashash, aslida, uning ichki dunyosidagi bo‘shliqni yanada chuqurlashtirgan.
U o‘zining yaqin o‘tmishini eslar ekan, birinchi marta 2019 yilda ichkilikka berilishi va uning oilasiga bo‘lgan ta’siri haqida gapirganini eslatdi. O‘shanda Pitt "nima berilsa, shuni iste’mol qilardim", degan edi. Shuningdek, spirtli ichimliklar oilasi bilan bo‘lgan munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatganini va hatto ba’zan qo‘l ko‘tarishgacha borganini tan olgan.

Joli ham sud orqali shuni ta’kidlagan
Anjelina Jolining 2016 yilda sudga taqdim etgan hujjatlarida Pittning bolalar va o‘zining jismoniy daxlsizligiga tahdid solgani qayd etilgan. Shu bilan birga, rasmiy ravishda nikoh 2019 yilda bekor qilingan.
Pitt aytishiga ko‘ra, u hozirgi kunda bolalari bilan aloqada emas va bir necha marta urinishlar qilganiga qaramay, ular bilan munosabatni tiklashga erisholmagan.
Yulduz ham inson, og‘riq hammada bor
Bred Pittning bu tan olishlari shunchaki shaxsini fosh etish emas, balki ko‘plab insonlar uchun ruhiy saboq bo‘lishi mumkin. Qarangki, jahonning eng mashhur yulduzlaridan biri ham ichki zo‘riqish va odatlarga qarshi kurashda ojiz qolishi mumkin ekan.

Murakkab kechmish, aldangan hissiyotlar va hayotni qaytadan yo‘lga qo‘yish — bularni endi Bred Pitt bir emas, balki millionlab odamlar bilan bo‘lishmoqda... “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar