
Mashhur gollivud aktyori Jorj Klunining Fransiyaning janubiy hududida joylashgan shaxsiy mulkida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FMTV telekanali ma’lum qildi, deb zamin.uz xabar berdi.
. Yong‘in aktyorning mulkiga qarashli hovli qismida joylashgan quyosh panellaridan iborat parkda boshlangan. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in taxminan 300 kvadrat metr maydonni qamrab olgan.
. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar o‘z vaqtida harakat qilgan holda yong‘in keng tarqalmasidan oldin bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi.
. Telekanalning aniqlik kiritishicha, voqea Klunining shaxsiy qarorgohi joylashgan hududda ro‘y bergan bo‘lsa-da, uyning o‘zi yong‘indan jiddiy zarar ko‘rmagan. Mulk atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
. Shu bilan birga, Fransiyaning janubiy qismidagi Od departamentida 2 ming gektardan ortiq hududini qamrab olgan yirik o‘rmon yong‘ini yuzaga kelgani haqida ham ma’lumot berildi.
. Mahalliy rasmiylar bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur o‘rmon yong‘ini kuchli shamollar tufayli tez sur’atda tarqalgan va uni faqat uchinchi kunning o‘zida nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lingan.
. Mutasaddilar yong‘in xavfi hanuzgacha saqlanib qolayotganini ta’kidlashmoqda. Yong‘in oqibatida ekologik zarar va hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir yetgan.
. Mazkur yong‘in hodisasi Fransiya hukumati va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan alohida e’tiborga olinib, yong‘inga qarshi maxsus kuch va texnik vositalar jalb etilmoqda.
. Jorj Kluni hodisadan keyin ommaga murojaat qilmagan bo‘lsa-da, yaqin manbalar uning salomatligi yaxshi ekanini bildirgan. Yong‘in sabablari bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar