
Gollivudning mashhur yulduzi Harrison Ford o‘zining 50 yildan ortiq davom etgan aktyorlik faoliyatida birinchi marta “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi, deb xabar berdi Variety nashri.
83 yoshli Ford Apple TV platformasida namoyish etilgan “Terapiya” (“Shrinking”) serialdagi Pol Radd obrazi uchun “Komediya teleserialidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor” nominatsiyasida mukofotga da’vogar sifatida ko‘rsatildi. U ijro etgan qahramon — kognitiv-xulq-atvor terapiyasi markazida faoliyat yurituvchi tajribali mutaxassis va bosh roldagi Jeyson Sigel qahramonining hamkasbi hisoblanadi.
Bu nominatsiya Forda uchun nafaqat shaxsiy, balki tarixiy ahamiyatga ham ega. U “Komediya teleserialidagi eng yaxshi ikkinchi rol” toifasidagi eng keksalardan biriga aylandi. Ilgari, 2020 yilda ushbu nominatsiyada 86 yoshli Alan Arkin “Kominski usuli” serialidagi rol uchun mukofotni qo‘lga kiritgan edi.
77-“Emmi” mukofotlari 2025 yil 14 sentyabr kuni Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlanishicha, tadbirni mashhur komik aktyor Neyt Bargatze olib boradi.
Bu yilgi mukofotda nominatsiyalar soni bo‘yicha Apple TVning “Bo‘linish” seriali (27 nominatsiya) va “Kinostudiya” seriali (23 nominatsiya) yetakchilik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar