29-iyul kuni O‘zbekiston Madaniyat vazirligi binosida vazir Ozodbek Nazarbekov rahbarligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Elmurod Najimov, shuningdek, markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining amaldagi direktori Ramiz Usmonov boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan, yangi rahbar — Alibek Kabduraxmonov tayinlangani e’lon qilindi va u jamoaga tanishtirildi.
Vazir Ozodbek Nazarbekov Alibek Kabduraxmonovga faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tiladi hamda uning bilim va tajribasi teatr rivojiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, birinchi o‘rinbosar Avazxon Tadjixanov ham yangi rahbarni samimiy qutlab, unga madaniyat sohasida katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!