Dunyo mashhur qo‘shiqchi Jastin Biber o‘zining yangi “Yukon” nomli qo‘shig‘i uchun tasvirga olingan videoklipini taqdim etdi. Qora-oq uslubda ishlangan videorolikda xonandaning rafiqasi Heyli Biber va ularning 11 oylik o‘g‘li Jek Blyus ham ishtirok etdi. Bu Jek Blyusning omma oldidagi ilk chiqishi sifatida qayd etildi.
Klip Jastin Biber ijodidagi yangi bosqichni — otalik davrini boshlaganini anglatadi. Rolik Ispaniya va Italiyada suratga olingan bo‘lib, tabiiy go‘zal manzaralar, oilaviy samimiylik va iliq tuyg‘ular bilan to‘lib-toshgan. Qora-oq format orqali klipda hissiylik va hayot falsafasi mukammal ifodalangan.
“Yukon” taronasi Biberning “SWAG” deb nomlangan yangi albomiga kiritilgan bo‘lib, ushbu albomdagi ikkinchi singl hisoblanadi. Klip qisqa vaqt ichida millionlab ko‘rishlar soniga erishdi va tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!