date

“Cho‘qintirgan ota” muallifi Frensis Ford Koppola kasalxonaga yotqizildi

“Cho‘qintirgan ota” muallifi Frensis Ford Koppola kasalxonaga yotqizildi

“Cho‘qintirgan ota” filmi rejissyori Frensis Ford Koppola Rimda shifoxonaga yotqizildi, deb Ansa agentligi xabar berdi. Rejissyorining sog‘lig‘i haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Rimning “Tor Vergata” kasalxonasida davolanmoqda. Koppola yoz mavsumini Italiyada o‘tkazmoqda va yaqinda Kalabriyada bo‘lib, u yerda Magna Grecia festivalida yangi “Megalopolis” filmini taqdim etgan.

U festivalda yoshlarga “Dunyo qiyin ahvolda, ammo insoniyat har qanday muammoni yengishi mumkin. Biz farzandlarimiz uchun birgalikda buyuk kelajak qurishimiz kerak”, — degan. Shuningdek, rejissyor kuzda suratga olishni rejalashtirgan yangi loyiha uchun joy izlayotgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Cho‘qintirgan ota” muallifi Frensis Ford Koppola kasalxonaga yotqizildi