date

Disney malikalari nima uchun hayvon do‘stga muhtoj?

Disney malikalari nima uchun hayvon do‘stga muhtoj?

1937 yildagi “Oppog‘oy va yetti gnom” filmi nafaqat syujet, balki malikaning hayvonlar bilan odamdek muloqot qilishi bilan tomoshabinlarni hayratga solgan. Ilk paytda bu shunchaki go‘zal yertak detalidek ko‘ringandir, ammo oradan 90 yil o‘tib, bir qiziq holat ko‘zga tashlanadi — deyarli har bir Disney malikasi yonida biror hayvon do‘st bo‘ladi.

Bu tasodif emas. Asrlar davomida turli xalqlar yertaklarida “sehrli yordamchi” hayvonlar bor: ruslarda — Sivka-Burka, arab rivoyatlarida — Simurg qushi, o‘zbek xalq yertaklarida — Tulpor ot. Disney esa bu obrazlarni zamonaviy uslubda qayta ishlab, ularga chuqur psixologik ma’no yuklagan.

Hayvon do‘stlar shunchaki yordamchi emas, balki malikaning ichki dunyosini aks ettiruvchi ko‘zgudir. Masalan, Oppog‘oy — gnomlar va hayvonlar orasida oila topadi, bu uning bolalikdagi himoyasizligi ramzi. Sindirella — jamiyatning eng past qatlamidagi sichqonlar bilan do‘st, chunki ular uning yashirin aqlini ifodalaydi.

 Avrora — insonlardan xavfsiradi, shuning uchun tabiat bilan muloqot qiladi. Mulanning ajdari Mushu — uning ichki ovozi va o‘ziga ishonchi o‘sishining ramzi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Disney malikalari nima uchun hayvon do‘stga muhtoj?