“Uyda yolg‘iz” filmi yana katta ekranlarga qaytishi mumkin

1 daqiqa o'qish126
“Uyda yolg‘iz” filmi yana katta ekranlarga qaytishi mumkin

Mashhur “Uyda yolg‘iz” (Home Alone) filmining bosh qahramoni Kevin MakKallisterni gavdalantirgan aktyor Makoley Kalkin uzoq yillardan so‘ng o‘zining afsonaviy roliga qaytishi mumkin. Xorij OAV xabarlariga ko‘ra, aktyor Disney bilan yangi film g‘oyasini muhokama qilgan va loyiha hozircha dastlabki bosqichda.

Ma’lum qilinishicha, yangi syujetda Kevin endi voyaga yetgan, farzandli ota sifatida tasvirlanadi. Biroq bu safar voqealar kutilmagan tarzda rivojlanadi: Kevinning o‘zi uy tashqarisida qoladi, ichkarida esa uning o‘g‘li turli tuzoqlar tayyorlab, otasini uyga kiritmaslikka harakat qiladi. Shu tariqa film asl voqealarning zamonaviy va teskari talqinini namoyish etishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, Disney ushbu g‘oyaga ijobiy munosabat bildirgan. Biroq loyiha hali rasman tasdiqlanmagan va suratga olish ishlari boshlanganiga oid rasmiy bayonot berilmagan.

Agar film amalga oshirilsa, Makoley Kalkin qariyb 34 yildan so‘ng Kevin MakKallister obraziga qaytadi. Bu esa millionlab muxlislar uchun bolalik xotiralarini yana jonlantiradigan eng kutilgan kino voqealaridan biriga aylanishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?