date

“Osmondagi bolalar” aktyorlari 23 yilda qanchalik o‘zgarishdi?

“Osmondagi bolalar” aktyorlari 23 yilda qanchalik o‘zgarishdi?

To‘rt sinfdosh do‘st — Hamdam, Xurshid, Javohir va Baxtiyorning sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi “Osmondagi bolalar” filmi 2002-yilda namoyish etilgan.

Rejissyor Zulfiqor Musoqovning eng mashhur asarlaridan biri sanaluvchi ushbu filmning 2 va 3 qismlari ham suratga olingan. Asarda bolalik inson hayotidagi eng beg‘ubor davr sifatida tasvirlanadi va bu davrning qadriga yetish lozimligi urg‘u bilan ko‘rsatiladi.

Ortiqcha bezaklarsiz, samimiy obrazlar orqali qalblarni zabt etgan ushbu film qahramonlari ortidan oradan 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, muxlislar ularning hayotida nima o‘zgarganini qiziqish bilan kuzatmoqda.

Muzaffar Sa’dullayev. “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam obrazi orqali tanilgan Muzaffar Sa’dullayev tabiiy va samimiy ijrosi bilan millionlab tomoshabinlarning qalbidan joy olgan. U san’atga qiziqishni teatr sahnasidan boshlagan, keyinchalik katta ekran orqali iste’dodini keng jamoatchilikka namoyon etgan.

Besh yil avval bergan intervyusida u tarixiy filmda Imom Buxoriy rolini ijro etishni orzu qilganini aytgan, biroq bu rolni ololmasligidan qo‘rqishini ham ta’kidlagan. Bu vaqtda u “Inson” kinostudiyasi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Muzaffar Sa’dullayevning Hamdam obrazi hanuzgacha tomoshabinlar xotirasida “samimiyat timsoli” sifatida saqlanmoqda.

Timur Musoqov. Rejissyor Zulfiqor Musoqovning o‘g‘li Timur Musoqov kino olamida bolaligidan tarbiya topgan. U doim otasining yonida bo‘lib, suratga olish jarayonlarini o‘z ko‘zi bilan kuzatgan.

2000-yillarda qator loyihalarda ishtirok etgan Timur uchun “Osmondagi bolalar” filmidagi Baxtiyor obrazi eng yorqin xotira bo‘lib qolgan. U 2006-yilda Toshkent san’at institutining rejissura fakultetini tamomlagan.

So‘nggi yillarda u kino sohasidan biroz chetlashgan — na film suratga olgan va na aktyorlik qilgan. Hozirda kichik biznes bilan shug‘ullanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Osmondagi bolalar” aktyorlari 23 yilda qanchalik o‘zgarishdi?