Buker mukofotining 2025 yilgi qisqa ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda tashkiliy qo‘mita ma’lum qildi.
Hakamlar hay’atiga 1993 yilda Buker mukofotini qo‘lga kiritgan irlandiyalik yozuvchi Roddi Doyl raislik qildi. Ularning ma’lumoticha, jami 153 ta asardan oltitasi saralab olindi.
Qisqa ro‘yxatdan joy olgan asarlar: Ben Markovitsning «Qolgan umrimiz», Syuzan Choyning «Chiroq», Keti Kitamuraning «Tinglov», Endryu Millerning «Qishdagi yer», Devid Saleyning «Moddiyat» hamda Kiran Desaining «Soni va Sannining yolg‘izligi».
Uch nafar yozuvchi short-listga ilk bor kirdi. Miller va Saley avval ham nomzod bo‘lgan. Desai esa 2006 yilda Buker mukofotini qo‘lga kiritgan.
G‘olib nomi 10 noyabrda Londonda bo‘lib o‘tadigan marosimda e’lon qilinadi. Eng yaxshi roman muallifiga 50 ming funt sterling taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 1969 yilda ta’sis etilgan Buker mukofoti adabiyot yo‘nalishidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri hisoblanadi.
2025 yilgi Buker mukofotiga nomzodlar aniqlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar