date

Yunkaa tug‘ilgan kunida “XXIII” qo‘shig‘ini taqdim etdi

Yunkaa tug‘ilgan kunida “XXIII” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Instabloger va qo‘shiqchi Yunkaa 23 yoshini nishonlash munosabati bilan “XXIII” nomli yangi trekni taqdim etdi. Yangi qo‘shiq 7 oktyabr kuni e’lon qilindi.

Mazmun jihatidan bu qo‘shiq Yunkaaning shaxsiy hayoti, u orqali kechgan sinov va muvaffaqiyatlar haqidadir. Unda u yuzma-yuz kelgan qiyinchiliklar va taslim bo‘lmaslik ruhi haqida so‘z yuritadi. Trekni barcha musiqa platformalari orqali tinglash mumkin.

Yunkaaning avvalgi mashhur qo‘shiqlari qatorida “Dardim”, “Yomg‘ir”, “Airways” hamda Shokir bilan ijro etilgan “O‘zboshimcha” dueti bor. Shuningdek, 27 sentyabr kuni Maryam Tillayeva bilan duetda ijro etilgan “Shunaqa gaplar” qo‘shig‘ining premerasi ham kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yunkaa tug‘ilgan kunida “XXIII” qo‘shig‘ini taqdim etdi