date

“Titanik” yo‘lovchisining soati 2,33 mln dollarga sotildi

“Titanik” yo‘lovchisining soati 2,33 mln dollarga sotildi

“Titanik” kemasida halok bo‘lgan taniqli tadbirkor Isidor Shtrausga tegishli bo‘lgan oltin cho‘ntak soati Angliyadagi Henry Aldridge and Son auksioni orqali 2,33 million dollarga sotildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Isidor Shtraus “Macy’s” savdo tarmog‘i egalaridan biri bo‘lib, u o‘z rafiqasi Ida bilan “Titanik”da safarga chiqqan edi. Kema aysberg bilan to‘qnashganida, Shtraus qutqaruv qayig‘iga chiqishdan bosh tortadi va kemani tark etmaydi. Ida ham erining yonida qolishga qaror qiladi. Ularning o‘rniga oqsochisi qutqaruv qayig‘iga o‘tadi.

Shtraus er-xotinining fojiali sadoqati 1997-yilda Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan “Titanik” filmida ham aks etgan. Filmda ular kema cho‘kayotgan paytda quchoqlashib yotgan sahnada tasvirlanadi.

Auksion uyi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu soat Shtrausning jasadi va shaxsiy buyumlari bilan birga topilgan. Soat keyinchalik uning avlodlariga topshirilgan. Ida Shtrausning jasadi esa topilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Titanik” yo‘lovchisining soati 2,33 mln dollarga sotildi