
Netflix 5-dekabr kuni “Extraction: Taigo” nomli yangi jangari film suratga olinayotganini ma’lum qildi. Loyiha rejissyor Li Sang Yong tomonidan tasvirga olinadi va unda taniqli aktyorlar Ma Don Sok, Li Jin Uk hamda BLACKPINK guruhining mashhur a’zosi Lisa ishtirok etadi.
Film syujeti urush tufayli yetim qolgan yollanma jangchi Taigo atrofida qurilgan. U jamoasi a’zosi va yaqin do‘sti Liani jinoyatchilar qo‘lidan qutqarish uchun xavfli operatsiyaga kirishadi. Ma Don Sok Taigoning o‘zini gavdalantirsa, Li Jin Uk unga qarshi turuvchi jinoyatchilar to‘dasi boshlig‘i Arman Choining obrazini ijro etadi. Lisa esa Taigonning jamoa a’zosi — jasur jangchi Lia rolida namoyon bo‘ladi.
Lisa bundan oldin HBO’ning “The White Lotus” serialining 3-mavsumida Muk roli orqali aktrisalik faoliyatini boshlagan edi. Li Jin Uk esa global mashhurlikka “Kalmar o‘yini” orqali erishgan.
“Extraction: Taigo”ning aniq premyera sanasi hozircha ochiqlanmagan, ammo loyiha muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘ota boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.