Lisa MTV VMAs'da tarixiy g‘alabaga erishdi

BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa 2026 yilgi MTV Video Music Awards (VMAs) marosimida “Dream” qo‘shig‘i bilan “Best Pop” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Shu tariqa u ushbu nominatsiyada mukofot olgan ilk osiyolik va ilk K-pop yakkaxon ijrochisiga aylandi.
Mukofot topshirish marosimida Lisa hayajonlanib, ko‘ziga yosh oldi. U avvalo MTV'ga ushbu mukofot uchun minnatdorchilik bildirdi. Xonanda “tunlari qilgan barcha orzulari” uni bugungi kuniga olib kelganini ta’kidladi.
Lisa, shuningdek, muxlislariga alohida rahmat aytdi. U o‘zining Lilies nomi bilan ataladigan muxlislari mehr-muhabbati va qo‘llab-quvvatlovisiz bu yutuqqa erisha olmasligini aytdi.
“Dream” qo‘shig‘ida yaponiyalik aktyor Kentaro Sakaguti ishtirok etgan. Lisa uchun bu MTV VMAs'dagi to‘rtinchi shaxsiy mukofot bo‘ldi — u avval 2022, 2024 va 2025 yillarda “Best K-pop” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.






























Izohlar 0
…