
“Setora” guruhi atrofida oxirgi kunlarda tarqalgan mish-mishlar muxlislarni jiddiy tashvishga soldi. Guruh xonandasi Komila Xo‘jayeva jamoani tark etayotgani haqidagi gap-so‘zlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Komila Xo‘jayeva esa vaziyatga o‘zi aniqlik kiritdi. Xonandaning ta’kidlashicha, tarqalayotgan ma’lumotlar asossiz:
“So‘zim qisqacha bo‘ladi: bu gaplarni biz chiqarmadik. Men guruhda qolaman va ijodimizni davom ettiramiz. Faqat hozirda sog‘lig‘im sababli konsertda ishtirok eta olmayapman. Holatimni tushunasizlar degan umiddaman,” — deya izoh qoldirdi u.
Xonanda, shuningdek, guruh a’zolariga muvaffaqiyat tilab, yaqinda sahnaga qaytishini bildirdi.
Mish-mishlarga nuqta qo‘ygan ushbu murojaat muxlislar orasida iliq kutib olindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.