date

Afruza “Ko‘rolmaslar”nomli qo‘shiq premyerasi sanasini e’lon qildi!

Afruza “Ko‘rolmaslar”nomli qo‘shiq premyerasi sanasini e’lon qildi!

Xonanda Afruza o‘zining Instagram sahifasida muxlislarini quvontiradigan xushxabar bilan o‘rtoqlashdi. San’atkor ertaga, 12 dekabr kuni, “Ko‘rolmaslar” nomli yangi qo‘shig‘ining premyerasi Afruza YouTube kanalida, shuningdek barcha musiqiy platformalarda taqdim etilishini ma’lum qildi.

Afruza post ostida hissiyotlarga boy bir jumlani ham qoldirdi: “Ko‘rolmaslar ko‘rib qo‘ysin, bunday sevgi olamda yo‘q!”

Mazkur e’lon muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ular qo‘shiqni intiqlik bilan kutayotganini bildirib, ijodkorning yangi ishlanmasi “zo‘r”, “bomba” bo‘lishiga ishonayotganini yozishdi. Ko‘plab foydalanuvchilar Afruzaga omad, kuch va ilhom tilab, iliq va samimiy izohlar qoldirishdi.

Premyera oldidan ijtimoiy tarmoqlarda Afruzaning yangi qo‘shig‘i haqidagi gap-so‘zlar tobora avj olmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Afruza “Ko‘rolmaslar”nomli qo‘shiq premyerasi sanasini e’lon qildi!