Munisa Rizayevaning allaqachon internetni portlatgan “Adolar etma” qo‘shig‘i premerasi sanasi e’lon qilindi (video)

Munisa Rizayevaning allaqachon internetni portlatgan “Adolar etma” qo‘shig‘i premerasi sanasi e’lon qilindi (video)

Xonanda Munisa Rizayeva muxlislari kutayotgan yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan klip premerasi sanasini ma’lum qildi. «Adolar Etma» deb nomlangan tarona 13 noyabr kuni tinglovchilar e’tiboriga havola etiladi.

San’atkor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yangi videoni joylab, unga «Adolar Etma» va «13.11. Tez kunda...» deya izoh qoldirgan. Shu tariqa xonanda yangi ijod mahsulotining taqdimot sanasini rasman e’lon qilgan.

Qizig‘i, qo‘shiqning to‘liq versiyasi hali chiqmagan bo‘lsa-da, uning qisqa parchasi ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon ommalashib ulgurgan. Foydalanuvchilar ushbu kuy ostida turli videolar tayyorlab, uni o‘z sahifalarida ulashmoqda.

Munisa Rizayevaning muxlislari ham yangi taronaga qiziqish bildirmoqda. Izohlarda ko‘pchilik qo‘shiqning to‘liq versiyasi va klip tezroq chiqishini kutayotganini yozgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar