date

“Ferrari” poygachisi yulduzi Sharl Lekler Toshkentga keldi (foto)

“Ferrari” poygachisi yulduzi Sharl Lekler Toshkentga keldi (foto)

“Ferrari” jamoasining mashhur monakolik poygachisi Sharl Lekler Toshkentga tashrif buyurdi. Uning ushbu tashrifi Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkaziladigan Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) yil yakunlari taqdirlash marosimiga bag‘ishlangan tadbir bilan bog‘liq.

Sharl Leklerni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov kutib oldi. Mashhur poygachi FIA tomonidan taqdirlanadigan jamoalar va poygachilar safida bo‘lib, dunyoning yetakchi avtomobil sporti mutaxassislari bilan birgalikda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tish joizki, 12-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbir, Markaziy Osiyoda avtomobil sportining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, dunyo avtomobil sporti olamining taniqli vakillarini jamlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Ferrari” poygachisi yulduzi Sharl Lekler Toshkentga keldi (foto)