Xamdam Sobirovning kutilgan “Peshta” klipi qachon chiqadi? (video)

Xonanda Xamdam Sobirov muxlislarini quvontiradigan yangilik bilan bo‘lishdi. San’atkor Instagram sahifasi orqali uzoq kutilgan “Peshta” taronasiga ishlangan videoklip yaqin kunlarda taqdim etilishini ma’lum qildi.
Xonanda e’lon qilgan qisqa videoga “Peshta… Tez kunda ko‘rishamiz, do‘stlar!” deya izoh qoldirgan. Ushbu xabar qisqa fursatda muxlislar e’tiborini tortdi.
Izohlar bo‘limida kuzatuvchilar klipni katta intizorlik bilan kutayotganini bildirib, yangi ijod mahsuloti tezroq taqdim etilishini so‘rab ko‘plab fikrlar yozib qoldirmoqda. Bu esa “Peshta” klipiga bo‘lgan qiziqish allaqachon yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.






























Izohlar 0
…