Xamdam Sobirovning yangi qo‘shig‘i qanday nomlanadi? (video)

Xonanda Xamdam Sobirov yangi tarona ustida ishlamoqda. San’atkor Instagram sahifasida taqdim etmoqchi bo‘lgan qo‘shig‘idan qisqa parchani muxlislari bilan bo‘lishdi. Videoga esa “Chupa-Chupsim. Ashula xit bo‘lganda hamma eshitadi, bilaman. Ungacha faqat negativ. Aql o‘rgatmanglar, do‘stlar, o‘zim bilaman”, deya izoh qoldirdi.
Xonandaning ushbu posti yangi tarona “Chupa chupsim” deb nomlanishi mumkinligiga ishora qildi. Qisqa lavha muxlislar orasida qiziqish uyg‘otdi. Izohlarda ayrim kuzatuvchilar qo‘shiq ularga manzur bo‘lganini yozib, san’atkorga omad tilagan bo‘lsa, boshqalar uning to‘liq versiyasi qachon taqdim etilishini so‘radi.
Hozircha Xamdam Sobirov yangi taronasining rasmiy premyera sanasini ma’lum qilmagan. Muxlislar esa qo‘shiqning to‘liq talqinini kutmoqda.






























Izohlar 0
…