
Go‘zal aktrisa Yulduz Rajabova muxlislarining “Qaysi kitoblarni o‘qishni tavsiya qilasiz?” degan savoliga samimiy va qiziqarli javob berdi. Aktrisaning aytishicha, u janr tanlamaydi — asosiy mezon bitta: voqea qiziqarli bo‘lishi.
Yulduz Rajabova hozirgi kunda o‘qib chiqqan va tavsiya qiladigan uchta kitob nomini tilga oldi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda Ibtido asari turadi. Aktrisa bu kitobni so‘nggi paytlarda o‘qiganini va syujeti uni oxirigacha o‘ziga rom qilganini ta’kidladi.
Ikkinchi tavsiya — Bin Muhtashem Gunesh. Ushbu asarni Yulduz Rajabova hozirda turk tilida o‘qiyotganini aytib, hikoyaning hissiyotlarga boyligi uni chuqur o‘ylantirganini bildirdi.
Uchinchi tavsiya esa ayniqsa qizlar uchun. Aktrisa Sara Jio kitoblarini o‘qib ko‘rishni maslahat berdi. Uning fikricha, Sara Jioning asarlari hissiy jihatdan boy bo‘lib, o‘quvchini befarq qoldirmaydi.
Shuningdek, Yulduz Rajabova elektron yoki onlayn kitoblardan ko‘ra qog‘oz kitoblarni afzal ko‘rishini aytdi. “Kitoblarning o'zini hidi bo'ladi, qo‘lda ushlab o‘qiladigan kitoblar menga yaqinroq”, — deydi u.
Aktrisa asosan turk, o‘zbek va rus tillaridagi kitoblarni o‘qishini ham qo‘shimcha qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.